«dok-1 maks ishi» tegli maqolalar


“Dorisiz jannatlarga ketgan bolalar”. “Dok-1 Maks” ishi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlanadi
29 dekabr 2024, 07:38

“Dorisiz jannatlarga ketgan bolalar”. “Dok-1 Maks” ishi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlanadi

“Dok-1 Maks” ishi — O‘zbekistonni larzaga solgan hodisa. Uning asoratlari dori-darmon, tibbiyot, huquq-tartibot kabi sohalar uchun ham og‘ir sinov bo‘ldi. Fojiaga ikki yil to‘lishi munosabati bilan “Gazeta.uz” shu dorilar sabab vafot etgan 68 bolaning so‘nggi kunlarini yodga oladi — ular unutilmasligi kerak.

Aksarining ko‘zi ko‘rmaydi, qulog‘i eshitmaydi, yurolmaydi. Sog‘ayishiga umid bor, faqat mablag‘ zarur — “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar
29 dekabr 2024, 07:37

Aksarining ko‘zi ko‘rmaydi, qulog‘i eshitmaydi, yurolmaydi. Sog‘ayishiga umid bor, faqat mablag‘ zarur — “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar

“Dok-1 Maks” ishi sabab 68 bola halok bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum-u, omon qolgan 20 dan ziyod bola taqdiri ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Ularning davolanishi uchun sud hukmida belgilangan kompensatsiya imkon qadar tezroq to‘lab berilishi kerak. “Gazeta.uz” jabrlanuvchi 23 bolaning hikoyasini havola qiladi.

“Dok-1 Maks” ishi: Nogiron bo‘lib qolgan bolalar soni rasman 23 nafarga yetdi
11 dekabr 2024, 18:01

“Dok-1 Maks” ishi: Nogiron bo‘lib qolgan bolalar soni rasman 23 nafarga yetdi

“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilarining holati bo‘yicha qo‘shimcha tergov olib borilgan va ularning masalasi alohida sudda ko‘rilayotgan edi. Noyabrda sud hukmi e’lon qilindi. Jabrlanuvchilar ro‘yxatiga yana besh bola qo‘shildi. Ularning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan kompensatsiya undirilishi belgilangan.

Sud Sardor Kariyevning oilasi yashayotgan uy xatlanishini yoqladi
6 noyabr 2024, 13:58

Sud Sardor Kariyevning oilasi yashayotgan uy xatlanishini yoqladi

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi “Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Sardor Kariyevning uch nafar farzandi va ayoli yashab turgan uyni xatlash masalasini qo‘llab-quvvatladi.

MIB Sardor Kariyevning farzandlari va ayoli yashab turgan uyni ham xatladi
24 oktabr 2024, 12:52

MIB Sardor Kariyevning farzandlari va ayoli yashab turgan uyni ham xatladi

“Dok-1 Maks” ishida aybdor deb topilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq direktori Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Uning turmush o‘rtog‘i bundan norozi bo‘lib, sudga shikoyat qildi.

“Ulardan xabar olyapmiz” — SSV rahbari “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam haqida
21 oktabr 2024, 18:34

“Ulardan xabar olyapmiz” — SSV rahbari “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilariga ko‘rsatilayotgan yordam haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytdi. Ayni vaqtda, u jurnalistlardan bolasini davolashda yordam ololmayotgan ota-onalarning e’tirozlariga doir ma’lumotlarni shaxsan taqdim etishni so‘radi.

“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi
10 oktabr 2024, 14:44

“Endi kimga murojaat qilishimiz kerak, prezidentgami?” — “Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari tovon puli borasidagi mavhumlikdan norozi

“Dok-1 Maks” ishi jabrlanuvchilari foydasiga jami 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish haqida sud qarori chiqqandi. Hozirgacha 2,5 mlrd so‘m to‘langan, ammo qolgan summa taqdiri mavhum. Jabrlanuvchilarning ota-onalari bundan norozi; ular to‘liq summa tezroq undirilishini so‘ramoqda.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 21-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari
23 iyun 2024, 22:34

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 21-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi muzokaraga kirishdi. Bir necha advokat himoyasi ostidagi sudlanuvchilarga oqlov so‘radi. 20 nafar jabrlanuvchi tovon puli to‘lansa, da’vosidan voz kechish hamda Sardor Kariyev va boshqa sudlanuvchilarning ozod etilishiga qarshi emasligini bildirdi. “Gazeta.uz” stenogrammasi.

“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari
19 iyun 2024, 19:41

“Hindistonning barcha dorilariga nisbatan import cheklovi o‘rnatish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi apellyatsiya sudi tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 7-iyundagi sudda Sardor Kariyev advokatlari Marion Biotech “bozorni yo‘qotmaslik uchun” tarkibida zaharli moddalar bo‘lgan arzon propilenglikoldan foydalangani haqidagi o‘rganishlarini taqdim etdi. Bolalar o‘limiga aynan zaharli propilenglikol sabab bo‘lgandi. “Gazeta.uz” reportaji.

“Bizga qamalganining foydasi yo‘q”. Sudda “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Munira Kariyevaning tovon puli to‘lashiga rozi ekanini aytmoqda
14 iyun 2024, 19:20

“Bizga qamalganining foydasi yo‘q”. Sudda “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Munira Kariyevaning tovon puli to‘lashiga rozi ekanini aytmoqda

“Dok-1 Maks” ishiga oid apellyatsiya sudida Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva o‘g‘lini uy qamog‘iga o‘tkazish evaziga 75,6 mlrd so‘mlik tovon pulini to‘lashni boshlashni so‘radi. Jabrlanuvchilarning otalari moliyaviy ahvoli sababli buni qabul qilmoqchi. Ajrim hali chiqmadi. Batafsil — “Gazeta.uz” reportajida.

“Tirik bolalarni asrab qolish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi yana qoldirildi, jabrlanuvchilar norozi
23 aprel 2024, 11:19

“Tirik bolalarni asrab qolish kerak”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi yana qoldirildi, jabrlanuvchilar norozi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-apreldagi apellyatsiya sudida advokat Ahmadov butun sudlov hay’ati va sud kotibi ustidan raddiya berdi. Sudyaning shoshilinch ishi chiqib qolib, yana tergovga o‘tilmadi. Jabrlanuvchilar yuqori tashkilotlardan sud jarayonini nazoratga olishni so‘radi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.

“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi
15 aprel 2024, 20:47

“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi

Fevralda “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tugab, 23 ayblanuvchiga hukm o‘qilgandi. Hukmdan norozi yetti sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati kiritdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiyani ko‘rib chiqish 15-aprel kuni davom ettirildi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanganlar va aybdorlar ko‘proq bo‘lishi mumkin, alohida tergov harakatlari olib borilmoqda
26 fevral 2024, 23:21

“Dok-1 Maks” ishi: jabrlanganlar va aybdorlar ko‘proq bo‘lishi mumkin, alohida tergov harakatlari olib borilmoqda

“Dok-1 Maks” ishi sudiga raislik qiluvchi Muso Yusupovga ko‘ra, doridan zaharlanganlar soni aslida ko‘proq ekani yuzasidan murojaatlar bo‘lgan, bu bo‘yicha tergov o‘tkazilmoqda. Shuningdek, yana bir necha shaxs, jumladan, Farmagentlik rahbari sobiq o‘rinbosari Egamovga nisbatan tergov organiga xabarnoma yuborilgan.

“Dok-1 Maks”dan vafot etgan va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir har bir bola uchun 1 mlrd so‘mdan undirib beriladi
26 fevral 2024, 16:41

“Dok-1 Maks”dan vafot etgan va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir har bir bola uchun 1 mlrd so‘mdan undirib beriladi

Sud “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi.

“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Kariyev 18 yil, Quramax direktori esa 20 yilga qamaldi
26 fevral 2024, 15:35

“Dok-1 Maks” ishi: Sardor Kariyev 18 yil, Quramax direktori esa 20 yilga qamaldi

“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra, Farmatsevtika agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari 16 yil, Quramax Medikal direktori Ragnevdra Pratar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting